Maslahatchiligimizda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda loyiha haqida o‘zbek rassomlariga ma’lumot berildi. Uch nafar rassom hamda bir nafar minyaturachidan tashkil topgan guruh 23-oktabr kuni Turkiyanning Bursa viloyatida kutib olindi.
Rassomlarning 30-oktabrga qadar Bursa viloyatida Viloyat hokimligi tomonidan mehmon qilinishi hamda ushbu muddat davomida shaharning tarixiy, sayyohlik maskanlarini kezib u yerda o‘z ishlarini olib borishlari rejalashtirildi. Rassomlar avvaliga surat, eskiz va suvli bo‘yoq kabi materiallar to‘plab, Toshkentda ularning davomini ishlashadi. Ushbu jarayon davomida rassomlar kamida 50 ta rasm tayyorlashlari hamda ularni Bursa Rasm Ko‘rgazmasida namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.