Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Madaniyat va Turizm maslahatchisi Jesim Chelebi 7 yanvar yakshanba kuni Yunusobod tumanida joylashgan "Samara" restoranida My5 kanali tashkillashtirgan "Ihtirom shou" dasturida ishtrok etdi. Baholash kengashi a‘zosi o‘zbek yozuvchisi Muhammad Ismoil o‘zining suhbati davomida 2017 - yil 17 - dekabr oyida Turkiyaning Koniya shahrida tashkil qilingan Shebi Arus bayramida ishtrok etganini hamda Mavlono Jaloliddin Rumiy vafotining 744 yilligi xalqaro xotira bayrami bilan bog‘liq barcha tavsilotlarini zaldagi tomoshabinlar bilan ulashdi. Ushbu marosimda ishtrok etishiga ko‘maklashgan maslahatchi Jesim Chelebiga o‘z minnatdorchiligini izhor qildi.
Dasturda so‘nggi kunlarda Turkiya va O‘zbekiston orasidagi aloqalar haqida fikrlari haqida ma’lumot olish maqsadida maslahatchi Cesim ÇELEBİ taklif qilindi.
Maslahatchiligimiz tomonidan tashkil qilingan loyiha va say harakatlar yuzasidan o‘z taasurotlari haqida so‘zlagan maslahatchi "o‘zbek rassomlari nigohida Turkiya" lohiyasida Hatay va Bursa loyihasida ishtirok etgan va ayni damda oramizda zalda bo‘lgan 9 nafar rassomlarga tashakkur bildirdi. Rassomlar guruhi nomidan Komoliddin Abdullayev va Sobir Rahmatova loyiha haqida ma‘lumotlar berdi. Do‘stlik aloqalarini mustahkamlash uchun tashkillashtirilgan konsertda unda ishtrok etgan o‘zbek qo‘shiqchisi Madina Mumtoz, Turk musiqasi fanidan o‘quvchilarga ta’lim beruvchi Okan Karayas ajoyib turk qo‘shig‘ini kuylab butun zalni jo‘shqinlantirdi.