3-5 oktabr kunlari O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan, 29ga yaqin mamlakatdan 45ta Xalqaro tashkilot qatnashgan Xalqaro Toshkent Turizm Ko‘rgazmasida Turkiya stendi ko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan yarmarkaning eng chiroyli mavzusiga ega bo‘ldi va birinchilikni qo‘lga kiritdi. Ko‘rgazmaning 3-kuni tashkillashtirilgan marosimda birinchilik sovrunini O‘zbekistonda Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, Milliy Turizm mahsulotini targ’ib qilish markazi bosh direktori Baxtiyor Rajabovdan qabul qilib olgan Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Madaniyat va Turizm ishlari bo‘yicha maslahatchi Jesim CHELEBI, ajoyib tarzda tashkillashtirilgan ko‘rgazmada Turkiyaning birinchilikni qo‘lga kiritishi va faol ishtiroki uchun rag’batlantirilishidan mamnun ekanligini bildirdi.