Xorijda yashovchi turk fuqarolari va ko‘k-kartaga ega yoshlar o‘zlari joylashgan mamlakatlarning madaniy, siyosiy va ijtimoiy hayotida yanada faol ishtirok etishlari, mamlakatimiz bilan bo‘lgan aloqalarni yanada mustahkamlashlari, turkcha bilim saviyalarini rivojlantirishlari hamda turk tarixi va madaniyatini yaqindan bilishlari maqsadida boshqarmamiz tomonidan 2013-yildan bugungi kunga qadar Yosh rahbarlar nomi ostida tashkil etilgan maxsus o‘quv dasturi Diasporamiz Yoshlar Akademiyasi nomi bilan qayta tuzildi va ariza berish uchun ochiq deb e’lon qilindi.
Xorijda yashovchi yoshlarimizning g‘oyalarini yuksaltirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan Diaspora Yoshlik Akademiyasi dasturida ta’lim, ijtimoiy va madaniy sohalarda muvaffaqiyatga erishgan yoshlar ishtirokida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihaga dunyoning har bir burchagida yashovchi turk fuqorolari hamda ko‘k-kartaga ega bo‘lgan barcha yoshlar murojaat qilishlari mumkin.