Joriy yilning 21-fevral kuni Elchi janoblari Ahmet Bashar Shen va Maslahatchimiz Jesim Chelebi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Bahtiyor Sayfullayev bilan uchrashdi. Uchrashuvda vazir janoblari ikki davlat o‘rtasidagi o‘tmishdan to bugunga qadar saqlanib qolgan bahamjihatlik va do‘stlik har ikki davlat oldiga muhim vazifalarni qo‘yishini, shu sababdan ham ko‘p ishlashimiz, madaniy tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirishimiz va ularning sonini ko‘paytirishimiz, ayniqsa muzey faoliyati borasida fikr almashinuvi va texnik hamkorlikni amalga oshirishimiz zarurligini ta’kidlab o‘tdi.