O‘zbekistonning Anqaradagi elchi maslahatchisi Azamov : -"Turkiyaga taqdim etilgan vizaning bekor qilinishi munosabatı bilan O‘zbekistonga boradigan Turk turistlarining sonini yillik 100 mingga chiqarishni rejalashtirmoqdamiz.
O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi iqtisodiy va savdo-sotiq maslahatchisi Ulug‘bek Azamov, O‘zbekiston Turk fuqarolariga nisbatan 30 kunlik viza erkinligi berganligi munosabati bilan Turkiyadan yiliga 100 ming turistni kutib olishni maqsad qilib qo‘yganini aytdi.
Azamov Anado‘lu ajansi muhbiriga bergan bayonotida, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bir necha mavzuda islohat boshlaganligini, viza imtiyozlari ham islohatlarning bir bo‘lagi ekanligini aytib o‘tdi.
Azamov : "Aslida turk fuqarolariga viza imtiyozlari berilishi borasidagi ilk qadam Prezident Mirziyoyevning Turkiyaga qilgan safaridan biroz avvalroq tashlagan edi. Turk ishbilarmonlari va turistlari, bir yillik ko‘p martalik vizaga murojat etishsa 3 kun ichida javob olishar edi " dedi. Mirziyoyevning Turkiyaga qilgan safaridan keyin 4 oy o‘tmasidan turk fuqarolariga 30 kunlik viza erkinligi ta’minlanganligiga diqqat qaratgan Azamov quyidagilarni bayon qildi: “Hozir ikkinchi qadam sifatida viza muammosi to‘liq yechim topdi. Ikki mamlakat prezidentlari sobid qadamliligi va qo‘llab - quvvatlashidan juda xursandmiz. O‘zbekistonning Turkiyaga viza imtiyozini berishi katta bir qadam bo‘ldi deb o'ylaymiz. Turkiyaga berilgan viza erkinligi bilan O‘zbekistonga boradigan Turk turistlarining sonini yiliga 100 mingga chiqarishni maqsad qilib qo‘ydik. O‘zbekistonda har ikki mamlakat uchun muhim bo‘lgan Imom al-Buxoriy, Ibn Sino kabi buyuk Islom va madaniyat olimlarining yashagan joylari bor . Bu imtiyoz Turk qardoshlarimizning turist bo‘lib O'zbekistonga borishlari uchun bir imkoniyat deb o‘ylaymiz.
Maslahatchi Azamov Turkiya O‘zbekistonning savdo sohasida 5 ta katta hamkorlaridan biri ekanligini va 2 tomonlama munosabatlarning juda yaxshi ekanligini ta’kidlab, 2018 - yil biz uchun faol tadbirkorlik, inavatsion g‘oya va axborot texnalogiyalarni qo‘llab - quvvatlash yili. O‘zbekiston Turkiyadan tajriba o‘rganmoqda. Eksportlar, maslahatchilar, O‘zbekistonda faoliyat olib borishmoqda. Masalan, O‘zbekiston havo yo‘llarida maslahatchi sifatida Turk havo yo‘llarining eski rahbarlaridan O‘rxan Sivrikiya faoliyat olib bormoqda. O‘zbekistonda tabiiy gaz, oltin, kumush, uran va paxta ishlab chiqarish jihatidan boy ekanligini va sanoat sohasida taraqqiyotga erishishni xohlayotganini, Turkiyaning sanoat sohasidagi taraqqiyoti va Turk ishbilarmonlari O‘zbekistonga taklif qilganliklarini aytib o‘tti.
O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev tarafidan hafta oxirida imzolangan, «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida, 10 - fevraldan boshlab Isroil, Indanezia, Janubiy Kareya, Malayziya, Singapur, Yaponiya, Turkiya fuqarolari uchun 30 kun davom etadigan viza bekor qilinganligi qayd etildi.
https://www.trtavaz.com.tr