O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning imzolagan farmoniga ko’ra, tarkibida Turkiya ham joy olgan yettita mamlakat fuqarolariga 30 kunlik vizasiz rejim joriy etildi. Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O’zbekiston Respublikasida sayyohlik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish” to’g’risidagi farmonda ta’kidlanganidek shu yilning 10-fevralidan e’tiboran Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari O'zbekistonga 30 kunlik muddatga vizasiz kirishi mumkin bo'ldi. Shuningdek, O'zbekistonga muntazam aviareyslarni amalga oshiruvchi havo kemalari ekipajlari a`zolariga ham O'zbekiston Respublikasi hududiga kirish sanasidan boshlab shu kabi viza imtiyozlari joriy etilishi ta’kidlab o’tildi.
Bundan tashqari 1-iyuldan boshlab mamlakatda “e-viza” tizimi yo’lga qo’yilishi ham ushbu farmondan joy oldi.
Ushbu farmonga asosan O’zbekistonga vizasiz tashrif buyuruvchi o’lkalar soni 16 taga yetdi. O’zbekiston bundan oldin Qirg’iziston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarusya, Gruziya, Qozog’iston, Moldovya, Rossiya va Ukraina fuqarolarini vizadan ozod qilgan edi.
O’tgan yilning oktabr oyida Sh.Mirziyoyev tomonidan imzolangan boshqa bir farmonga asosan, Turkiya, Avstriya, Belgiya, Angliya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Shvetsariya, Chexiya, Latviya, Malayziya, Yaponiya, Tayland fuqarolari uchun qulaylashtirilgan viza tizimi joriy etila boshlagandi. Unda yuqorida ta’kidlab o’tilgan mamlakat fuqarolariga O’zbekistonga kirish vizasi 3 ish kuni ichida berilishi ko’zda tutilgandi.

2018-yilning 1-fevralidan e’tiboran, Avstraliya, Albanya Respublikasi, Andora, Bolgariya, Bosniya va Gersogovina, Vatikan, Vengriya, Gretsiya, Daniya, Hindiston, Irlandiya, Islandiya, Quvayt, Kanada, Xitoy Xalq Respublikasi va uning Gankong maxsus ma’muriy tumani, Litva, Lixtenshteyn, Lyuksenburg, Makedoniya, Malta, Monako, Gollandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon Sultonligi, Portugaliya, Ruminya, San-Marino, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Slovakiya, Sloveniya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Finlandiya, Xorvatiya, Chernogoriya, Shvetsiya, Estoniya singari mamlakatlar aholisi uchun viza berish tizimini osonlashtirildi.