O‘zbekturizm Davlat Qo‘mitasi raisi Aziz abduhakimov rahnamoligida Samarqand shahri Prezident mehmonxonasida 30-noyabr kuni uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Turkiyadan taklif qilingan 21 nafar matbuot xodimlari hamda o‘zbek matbuoti vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda nutq so‘zlagan O‘zbekturizm rahbari O‘zbekiston turizmini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida yeg‘ilish qatnashchilariga ma’lumot berdi. Shu bilan bir qatorda Samarqand shahar hokimi Turobjon Jo‘rayev, O‘zbekiston Havo Yo‘llari milliy aviakompaniyasi direktori o‘rinbosari Umidjon Hasanov hamda Turkiya Elchixonasi Toshkent Madaniyat va Turizm maslahatchisi Jesim Chelebi bu borada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi. Ayniqsa Samarqand Bosh Imomi ziyorat turizmi, Tashqi ishlari vazirligi vakili esa viza masalalari haqida alohida ma’lumot berib o‘tdilar.
Shundan so‘ng yeg‘ilish qatnashchilariga birin-ketin savollar berildi. Xususan O‘zbekistondagi viza masalalari hamda bilet narxlari haqida berilgan savollarga mas’ullar tomonidan javoblar berildi.