Turkiyaning reklama va reklama faoliyatiga hissa qo‘shish maqsadida “o‘zbek rassomlari nigohida Turkiya” nomli loyiha asosida o‘zbek rassomlari tomonidan Turkiyaning Bursa viloyati tasvirlari tushurilishi rejalashtirilgan edi. Ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida o‘zbek rassomlari 2017-yilning 31-oktabriga qadar Bursa viloyatida bo‘ldilar. O‘z ishlarini yakunlab Toshkenga qaytib kelgan Sobir Rahmatov, Farrux Ahmadaliyev, Rustam Hudoyberganov va Kamol Mirzayevdan tashkil topgan rassomlar guruhi 2-noyabr kuni Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Madaniyat va Turizm ishlari bo‘yicha maslahatchisi Jesim Chelebining mehmoni bo‘lishdi. Ushbu loyihani tayyorlagan maslahatchi Jesim Chelebiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, butun Bursa bo‘ylab sayohat amalga oshirilganligi va mezbonlarning mehmondo‘stlikni mukammal tarzda bajarishganligini alohida ta’kidlab o‘tishdi. Loyihaning Toshkent shahridagi bosqichi yaqin 2-3 oy davomida yakunlanadi. Rassomlar bu kabi loyihalar qardosh o‘lkalarimiz o‘rtasidagi mavjud do‘stligimizni yanada rivojlanishidan mamnun ekanliklarini bildirishdi.