Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Madaniyat va Turizm ishlari bo‘yicha maslahatchi Jesim CHELEBI O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish maqsadida Samarqand viloyatining ikki tarixiy yerida tadqiqot olib bordi.
Simpozyum uchun Samarqandga tashrif buyurgan Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Madaniyat va Turizm ishlari bo‘yicha maslahatchisi Jesim CHELEBI O‘zbekistonda Turizmni Rivojlantirish Davlat Qo‘mitasi taklifi bilan Xo‘ja Ahror Valiy madrasasi, Mahmudi Azam majmuasi va ziyoratgohlaridagi tadqiqotlarda ishtirok etdi. Samarqanddagi Turizm rahbarligi vakillari hamrohligida ushbu ikki hududda olib boriladigan ishlar haqida so‘z yuritildi. Tadqiqotlarda madrasa uchun qutqaruv va restavratsiya loyihasi bilan birgalikda, madrasaning qurilishi, modellashtirish maketi hamda prezintantsiyon namoyish orqali tushuntirib berilishi, Mahmudi Azam majmuasi va ziyoratgohi namoyish loyihasining tayyorlanishi, takliflarni qabul qilishda tadbirlarni rejalashtirish hamda ularni amalga oshirishda maslahatchiligimiz tomonidan yordam berilishi ma’lum qilindi.