“O‘zbek rassomlari nigohida Turkiya” loyihasi doirasida besh nafar o‘zbek rassomlari maslahatchimiz tomonidan loyiha haqida kerakli ko‘rsatmalarni olib 6-sentabr kuni Turkiyaning Hatay viloyatiga jo‘nab ketishdi. Rassomlar 12-sentabr kuniga qadar Hatay viloyatining qadimiy maskanlarida avvaliga surat, eskiz va suvli bo‘yoq kabi materiallar to‘plab, Toshkentda ularning davomini ishlashadi.