Poytaxtimizdagi O‘zbekiston tasviriy sanat galereyasida “Turkiya o‘zbek rassomlari nigohida” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Badiiy san’at akademiyasi, Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, qardosh mamlakatning Bursa va Xatay viloyat hokimliklari tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur tadbirdaTurkiyada ijodiy safarda bo‘lib qaytgan o‘zbek rassomlarining ijod namunalari namoyish qilindi.



Tadbirda so‘zga chiqqan Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar uzoq o‘tmishga egaligi, har ikki xalqning ildizlari bir ekani, bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar har tomonlama rivojlanib borayotganini qayd etdi.



–Biz dastavval o‘zbek rassomlarining Turkiya Respublikasiga safarini tashkil qildik, - deydi Turkiyaning yurtimizdagi elchixonasi madaniyat ishlari boyicha maslahatchisi Jesim Chelebiy.




O‘zbek rassomlari Bursa va Hatay viloyatlarida bir necha kun mehmon bo‘lib, ushbu hududlarning tabiati, urf-odatlari, odamlarining yashash tarzi bilan yaqindan tanishdilar va o‘zlarini tasirlantirgan holatlarni tasvirladilar. Bugungi korgazmada ana shu lahzalar aks etgan suratlar tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinmoqda.



Ko‘rgazmada Sobirjon Rahmetov, Rustam Xudoyberganov, Baxtiyor Mahkamov, Zebiniso Sharipova, Xurshid Ziyoxonov, Kamoliddin Mirzayev, Farrux Ahmadaliyev, Shahnoz Abdullayeva, Kamoliddin Abdullayev singari rassomlar ijodiga mansub tasviriy san’at asarlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.



Manba: http://darakchi.uz/uz/69914