“Amulti-venueperforming art centre” sifatida loyihalashtirilgan Istanbul Opera House 2019-yili tugallanishi kutilmoqda. Bino Yevropaning obro‘li san’at markazlaridan biri bo‘lish bilan bir qatorda Istanbul shahrining me’moriy ikonasi sifatida qad rostlaydi.
Xuddi shu yerda ilgari Hayat Tabanlio‘g‘lining o‘g‘li Murod Tabanlio‘g‘li tomonidan qurilgan Otaturk Madaniyat Markazi joylashgan. Hozirda umumiy o‘lchamda 102.736 m2 hudud hamda yopiq maydonga ega bo‘lgan yangi Istanbul Otaturk Madaniyat Markazi binosi loyihasi hayotga tadbiq etildi.
Mashhur Taksim maydonida 5 ta madaniy blok bilan qurila boshlangan opera binosi va madaniyat markazi loyihasida, umumiy hisobda 3.737 kishilik uch turdagi; sahna, ovoz yozish studiyasi va tayyorgarlik ko‘rish zali, ko‘rgazma zallari bilan san’at galereyalari, qo‘shiqchi va orkestr mashg‘ulot xonalari; majlis xonalari; restoran va kafelar, shuningdek, bloklar bo‘ylab cho‘zilgan madaniy ko‘chalarining joylashishi ko‘zda tutilmoqda.