Madaniyat va tabiat boyliklarini yig‘ish faoliyatini nazorat qiluvchi Istanbul maqbaralar muzeyi boshqarmasiga qarashli Ahmet Sagun kolleksiyasidagi 3 buyumning 2018-yilning 13-mart kuni yo‘qolganligi aniqlandi.
Yo‘qolgan 3 buyumga oid fotosuratli ma’lumot quyida ilova shaklida berilgan bo‘lib, ushbu asarlarning topilishi yuzasidan mamlakatimizda hamda xorijda kerakli chora-tadbirlar boshlatib yuborilgan. Yo‘qolgan buyumlarga oid ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslardan Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Madaniyat va Turizm bo‘limiga xabar berilishi so‘raladi.
Ma’lumot uchun:
Tel: +998 (71) 233-14-60
Faks:+998 (71) 232-15-17
taskentktm@kultur.gov.tr