Joriy yilning 3-5-may kunlari Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti Turkiyaning Selchuk Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “II Xalqaro madaniy meros va turizm anjumani”ga mezbonlik qildi. Anjumanda madaniy meros, turistik mahsulotlarining turini ko‘paytirish, marketing va turizm boshqaruvi kabi turizm sohasidagi dolzarb masalalar, Madaniy merosga asoslangan o'zgaruvchan shart-sharoitlar nuqtai nazaridan yangi yondashuvlar o'rganildi. Anjumanda ishtirok etgan Turkiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi Madaniyat va Turizm bo‘yicha maslahatchisi Jesim Chelebi O‘zbekistonning turizm salohiyati va madaniy merosi mavzusida nutq so‘zladi.