2018-yilning 5-may sanasida O‘zbekistonning poytaxti Toshkent shahrida mamlakatda joylashgan barcha dunyo davlatlari vakillik idoralari ishtirokida tashkil qilingan taomlar festivaliga Turkiya vakillik idorasi ham o‘zining ikki standi bilan qatnashdi.
Turkiya, Janubiy Koreya, Isroil, Rossiya, Germaniya, Pokiston, Xitoy, Eron va bir qator davlatlarning turfa oshxonalaridan har xil taomlar namoyish qilingan mazkur festivalda, ishtirokchilar dunyo taomlarining namunalarini “birinchi qo‘l”dan tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Turkiya bayroqlari bilan bezalgan ko‘chma chodirda go‘zlama tayyorlanib, ayron ulashilgan bo‘lsa, ikkinchi standda esa Kastamonu oshxonasi taomlaridan namunalar (qir pidasi, funduk lahmajun, yaproq o‘ramasi, sigara bo‘ragi, suv bo‘ragi, pahlava, go‘zlama, ayron) festivalga tashrif buyurganlarga tortiq qilindi.
Tashkilotchilar tomonidan kun bo‘yi davom etgan festivalda Turkiyaning ikki standi faol ishtiroki uchun faxriy diplom bilan mukofotlandi.