An’anaviy “Oltin Qalam” milliy mukofoti joriy yilning 3-may kuni Turkiston San’at saroyida o‘z egalarini topdi. Har yili tashkil etiladigan taqdirlash marosimida an’anaviy tarzda mukofotlarni topshirish bilan bir qatorda, bu yildan ilk marotaba Turkiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi tomonidan Turkiya-O‘zbekiston munosabatlariga oid quyidagi yo‘nalishlarda tayyorlangan eng yaxshi materiallar uchun jurnalistlarga mukofotlar berildi. Turkiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmed Bashar Shen ve Madaniyat va Turizm Maslahatchisi Jesim Chelebi tomonidan ramziy Oltin Qalam, Televizor hamda bir haftalik Turkiyaga bepul sayohat chiptasi mukofot sifatida o‘z egalariga topshirildi.
1. “O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi eng yaxshi material uchun” (poytaxt jurnalistlari uchun):

a) Qamariddin Shayxov, Qalampir.uz sayti rahbari;

b) Umid Shermuhammedov, Kun.uz sayti bosh muharriri.

2. “O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik haqidagi eng yaxshi material uchun” (hududiy jurnalistlar uchun):

a) Dilmurod Jumaboyev, Vodiymedia.uz/“VODIY MEDIA” MCHJ direktori.

3. “O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida turizmni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun” (hududiy jurnalistlar uchun):

a) Munira Abdullayeva, ZO’R TV prodyuseri.