O‘zbekistonda 23-aprel Milliy Mustaqillik va Bolalar Bayrami joriy yil ilk marotaba turli mamlakat vakillari hamda ko‘p sonli bolalar ishtirokida xalqaro festival tarzida bo‘lib o‘tdi.
Toshkent Turk maktabi va Turkiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi tomonidan Turkiston San’at Saroyining yozgi sahnasida bo‘lib o‘tgan festivalda Turk maktabi bilan birga O‘zbekistondan besh maktab, Toshkentda faoliyat ko‘rsatuvchi Koreya, Eron, Ingliz va Ozarbayjon maktablaridan ko‘p sonli o‘quvchi bolalar qatnashdi. Xalq o‘yinlari, musiqa, sahna ko‘rinishlari tomoshabinlar e’tirofiga sazovar bo‘ldi. Ayniqsa, ayiq qiyofasidagi chiqishlar bolalar bayramining yanada ko‘tarinki ruhda o‘tishiga sababchi bo‘ldi.
Festivalda bir qancha tashkilotlar bilan birga Turkiya Elchixonasi Madaniyat va Turizm bo‘limi tomonidan qil chodir tikilib, Turk milliy taomlaridan go‘zleme va ayron festivalga kelgan mehmonlarga ulashildi.