Joriy yilning 29-may sanasi Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an janoblari “CAN” deb nomlanuvchi shaxsiy samalyotida soat 20:20da O‘zbekistonning poytaxti Toshkent shahriga keldi.
Erdo‘g‘an Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroportida mamlakat Bosh Vaziri Abdulla Aripov tomonidan kutib olindi. Kutib olish marosimida Bosh Vazir Abdulla Aripov bilan birga Tashqi Ishlar Vaziri Abdulaziz Komilov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchisi Ahmet Bashar Shen boshchiligidagi elchixona xodimlari va Madaniyat va Turizm Maslahatchisi Jesim Chelebi ishtirok etishdi.
Prezident Erdo‘g‘an bilan turmush o‘rtog‘i Omina Erdo‘g‘an, Bosh Vazir Yordamchisi Hoqon Chavusho‘g‘li, Adliya Vaziri Abdulhamid Gul, Fan, Sanoat va Texnologiya Vaziri Faruk O‘zlu, Mehnat va Ijtimoiy Muhofaza Vaziri Julide Sariero‘g‘li, Tashqi Ishlar Vaziri Mevlud Chavusho‘g‘li, Iqtisodiyot Vaziri Nihat Zaybekchi, Bojxona va Savdo Vaziri Bulent Tufekchi, Madaniyat va Turizm Vaziri Numan Kurtulmush, Bosh Shtab Boshlig‘i Hulusi Akar, Prezident spikeri Ibrahim Kalin, Milliy Razvedka Tashkiloti Rahbari Hakan Fidan Toshkent shahriga tashrif buyurishdi.
Turkiya Respublikasi Madaniyat va Turizm Vaziri Numan Kurtulmush va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vaziri Baxtiyor Sayfullayev, O‘zbekistonda Turizmni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasi Raisi Aziz Abduhakimovlar o‘rtasida o‘zaro uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda madaniyat va turizm sohalarida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha shartnomalar imzolandi.


Madaniyat va Turizm Vaziri Numan Kurtulmush va O‘zbekistonda Turizmni rivojlantirish Davlat Qo‘mitasi Raisi Aziz Abduhakimov


Madaniyat sohasida ikki tomonlama shartomalarni imzolash marosimi
Turkiya Respublikasi Madaniyat va Turizm Vaziri Numan Kurtulmush va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vaziri Baxtiyor Sayfullayev