Joriy yilning 22-mart kuni O‘zbekiston sayohati uchun Toshkentga tashrif buyurgan Turkiya sayyohlar jamoasi elchixonamizda kutib olindi. Injener, iqtisodchi va menejer maslahatchisi, adabiyot o‘qituvchisi, rassomlardan tashkil topgan o‘n ikki kishilik guruh O‘zbekistonga uyushtirilgan sayohatdan mamnun ekanliklarini aytib o‘tdilar. Elchixonada uyushtirilgan uchrashuv uchun maslahatchimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.