O‘zbekiston matbuot agentligi tomonidan berilgan xabarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti T.Erdog‘an o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqot jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil oktabr oyida Turkiyaga qilgan rasmiy tashrifini ko‘p qirrali va har ikki tomon uchun ham manfaatli o‘zbek-turk hamkorligini yangi bir pog‘onaga ko‘targanini aytib o‘tildi. Telefonda bu tashrif mobaynida imzolangan kelishuvlarning hayotga tadbiq qilinishi, tijoriy-ijtimoiy, investitsiya, texnologik, bank sohasi, moliya, transport, turizm va boshqa sohalarda keng qamrovli hamkor loyihalar tuzish va ularni amalga oshirish kabi mavzular muhokama qilindi.
Turkiya Predenti Erdog‘an janoblari O‘zbekistonning Turkiyalik fuqorolar uchun 30 kunlik viza berish haqidagi qarori uchun O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevga tashakkur bildirdi.
Mirziyoyev bu qarorni tijoriy-iqtisodiy, investitsiya va turizm sohalarida yangidan- yangi imkoniyatlarni yaratishga xizmat qilishini, eng muhim jihati qardosh xalqlar orasidagi do‘stlik rishtalarini yanada orttirib, turk fuqorolarining O‘zbekistonni ziyorat qilish uchun ko‘plab imkoniyatlar berishi mumkinligini aytib o‘tdi.
Suhbatda millatlararo va boshqa muhim masalalar ko‘tarildi. Mirziyoyev mamlakatda tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida mart oyida Toshkentta bo‘lib o‘tadigan Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlashga qaratilgan millatlararo(baynalmilal) konfrensiyasiga Turkiya Respublikasini ham qatnashishga taklif qildi.
Turkiya Prezidenti ham ko‘rib o‘tilgan masalalarni hayotga tadbiq etishni qo‘llab quvvatlashini va bu konfrensiyaga Turkiyadan oliy martabali vakillardan tuzilgan bir hayat guruhining ishtirok etishini bildirdi.
Telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbatda ikki davlat rahbari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik, qarindoshlik munosabatlari va an’anaviy yaqin bo‘lgan ish hamkorligini rivojlantirishga tayyor ekanliklarini yana bir bor aytib o‘tishdi. O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev alohida taklif bilan Turkiya Prezidenti Erdog‘an janoblarini O‘zbekistonga taklif qildi.

http://aa.com.tr