2017-yilning 14-dekabr kuni Intercontinental mehmonxonasining “Amir Temur” zalida O‘zbekiston Oliy majlisi, mutaxassislar, vazirlik vakillari, xususiy televideniya kanallarining ilg‘or vakillari va texnik xodimlari, Toshkent Madaniyat va Turizm Maslahatchisi Jesim Chelebi hamda hamkor davlatlarning diplomatik vakillari ishtirokida “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ommaviy axborot vositalarining hukumat va jamiyat o‘rtasidagi roli”nomli konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada milliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ommaviy axborot vositalarining hukumat va jamiyat o‘rtasidagi roli” haqida ma’lumot berildi.