2017-yilning 31-oktabr kuni soat 19:00da Turkiston San’at Saroyida tashkil etilgan o‘zbek-turk do‘stlik konserti tomoshabinlarning qiziqishi va quvonchiga sazovor bo‘ldi. Turkiya Respublikasining Madaniyat va Turizm Vazirligi qoshidagi Xalq Raqslari va Xalq Musiqasi jamoasi san’atkorlari tomoshabinlarga ikki soatga yaqin quvnoq daqiqalar uyushtirdi. Vaqti-vaqti bilan o‘z o‘yinlari orqali konsert zalida muhtasham qiyofa aks ettirgan o‘ynchilar jamoasi hamda ajoyib ovozga ega bo‘lgan Orhan Ural, Serjan Karadash, Arzu Chelik Albayrak, O‘zbekistondan qatnashgan Sabo Milliy Raqs ansambli jamoasining chiqishlari konsert zalini to‘ldirgan tamoshabinlarning olqishlariga sazovar bo‘ldi. Ayniqsa 2010-yilda “Nihol” mukofotiga sazovor bo‘lgan xonanda Madina Mumtoz, turk tilida qo‘shiq ijro etib tomoshabinlarning diqqat e’tiborini qozondi.
Konsert yakunida turk-o‘zbek xalq o‘yinchilarining qo‘llarida ikki qardosh mamlakatining bayroqlari bilan 10-yil madhiyasini kuylashlari, tomoshabinlarning ham bunga g’ayrat bilan qo‘shilishi ajib bir tasvirni namoyon etdi. Konsert uchun o‘z hissalarini qo‘shib, qo‘llaridan kelgan yordamni ayamaganliklari uchun Turkiya Respublikasining Madaniyat va Turizm Vazirligi qoshidagi Xalq Raqslari va Xalq Musiqasi jamoasi san’atkorlariga hamda tadbirkorlarga Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Janob Ahmet Bashar Shen tomonidan mukofotlar taqdim etildi. Konsert tomoshabinlarning do‘mbira va surnay sadolari ostida tushgan raqslari ila yakun topdi.