Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Madaniyat va Turizm ishlari bo‘yicha maslahatchi Jesim CHELEBI “O‘RTA ASRLARDAGI SAMARQAND MADRASASI ALLOMALARINING ISLOM SVILIZATSIYASI VA TA’LIM TIZIMINING RIVOJLANISHIDAGI ROLI” nomli xalqaro simpozyumida ishtirok etdi.

Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Madaniyat va Turizm ishlari bo‘yicha maslahatchi Jesim CHELEBI TIKA boshqaruvida 13-14 oktabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan “O‘rta asrlardagi Samarqand madrasasi allomalarining islom svilizatsiyasi va ta’lim tizimining rivojlanishidagi roli” nomli xalqaro simpozyumining ochilish marosimida ishtirok etdi. U yerda nutq so‘zlagan Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi Madaniyat va Turizm ishlari bo‘yicha maslahatchi Jesim CHELEBI, O‘zbekiston madaniy boyliklarini himoya qilish va ularni kelajak avlodga yetkazib berishi barchamiz uchun mas'uliyatli vazifa ekanligini aytib o‘tdi.