TURKIYA SAYYOHLIK SOHASIDA ISHLOVCHILAR UCHUN EMLASHNI RO’YXATDAN O’TKAZISH DASTURNI BOSHLADI.


Turkiya Madaniyat va Turizm Vazirligi, Sog’liqni Saqlash Vazirligi, Turizmni targ’ib qilish va rivojlantirish agentligi (TTRA) bilan birgalikda sayyohlik sohasida ishlovchi xodimlar uchun emlash dasturini ishlab chiqqanini e’lon qildi. “Xavfsiz turizm sertifikati dasturi” yaqinlashib kelayotgan sayyohlik mavsumida chet ellik sayyohlarni kutib olish hamda soha vakillari va tub aholining salomatligini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan.

“Xavfsiz turizm sertifikati dasturi” 2020 yil iyun oyida hayotga tatbiq qilinganidan boshlab, Turkiya salomatlik va xavfsizlik bo’yicha qat’iy ko’rsatmalarga amal qilib kelmoqda hamda ularning davomiyligini ta’minlash maqsadida barcha choralarni ko’rmoqda. Sayyohlik mavsumi ochilganidan so’ng, Madaniyat va Turizm Vazirligi mamlakatda sayyohlik xizmatlarini yil davomida ochiq bo’lishini ta’minlash maqsadida soha vakillarini emlash dasturiga kiritish ishlarini boshladi. Emlash dasturi Sog’liqni Saqlash va Mehnat Vazirliklari bilan hamkorlikda puxtalik bilan amalga oshiriladi. Ushbu dastur doirasida birinchi navbatda “Xavfsiz turizm sertifikati dasturi”dan ro’yxatdan o’tgan turar-joy inshootlari, restoranlar, yo’l boshlovchilar (gidlar), turizm agentlari emlanadi.

Madaniyat va Turizm Vazirligi va Sog’liqni Saqlash Vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan platformada sayyohlik muassasalari o’z xodimlarini emlash uchun ro’yxatdan o’tkazishlari mumkin. Platforma ushbu dastur doirasidagi turistik sanoatning barcha muhim ishtirokchilarini, shu jumladan, turar-joy inshootlari, ovqatlanish joylari, transport vositalari va yo’l boshlovchi (gid)larni o’z ichiga oladi.Sayyohlik (turistik) muassasalarning rasmiy vakillari ham hozirda ishlab turgan vakillarini ro’yxatdan o’tkazishlari mumkin.

COVID-19 ga qarshi kurashish va dunyoning eng xavfsiz yo’nalishlaridan biri sifatida o’z mavqeyini yanada oshirish bo’yicha davomli sa’y-harakatlar doirasida, Turkiya dunyo bo’yicha sohadagi eng birinchi va eng muvaffaqiyatli misollardan bir bo’lgan “Xavfsiz turizm sertifikati dasturi”ga sarmoya kiritishda davom etmoqda. Mamlakat o’z amaliyot doirasini kengaytirdi hamda 30 va undan ortiq xonali turar-joy inshootlari uchun amaliyot majburiy etib belgilandi. Hozirga qadar 8 000 dan ortiq inshootlar sertifikatlangan.

Mamlakat turizmning V shaklidagi tiklanishini kutayotganligi sababli, turizmning ishchi kuchi ustuvor ahamiyatga ega bo’lmoqda va ularni birinchi navbatda emlash talab etiladi. Turkiya 2021-yil uchun sog’lom va xavfsiz yo’nalish ekanligini isbotlash maqsadida, barcha kerakli choralarni ko’rmoqda va xalqaro sayohatchilar uchun eng yaxshi variant bo’lishga harakat qilmoqda.



Turkiya haqida

O’rta Yer dengizida joylashgan, Osiyo va Yevropa qit’alarini Bosfor bo’g’ozi orqali birlashtirgan Turkiya tengi yo’q manzil, madaniy aloqalarning markazidir. O’zining yoqimli iqlimidan tashqari, asrlar davomida paydo bo’lgan sivilizatsiyalar xilma-xilligini aks ettiruvchi tarixi, tabiati va gastronomiyasi bilan ham tashrif buyuruvchilarni hayratga soladi. Har xil madaniyatlar chorrahasida joylashgan Turkiya, an’anaviy va zamonaviylikning sintezi bo’lgan san’at va moda haqida o’ziga xos tushunchalarga ega, juda dinamik bo’lgan savdo va ko’ngilochar hayot tarzi bilan butun dunyodan sayyohlarni o’ziga jalb qila oladi.
Ko’proq ma’lumot uchun: https://www.goturkiye.com/



TTRA haqida

TTRA Turkiyaning ichki va xalqaro turizm sohasidagi taniqli yo’nalish bo’lishini ta’minlash, uning madaniy, ma’rifiy, tabiiy, biologik va tarixiy merosini targ’ib qilish hamda milliy iqtisodiyotda qisqa yoki uzoq muddatli turistik investitsiyalar ulushini oshirish va turizm sohasida xizmat ko’rsatishni yanada yaxshilash bilan shug’ullanadi. Madaniyat va Turizm Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan dastur bo’yicha, TTRA Turkiyaning o'z turistik maqsadlariga erishishga yordam berish uchun barcha reklama, marketing va kommunikatsiya ishlarini olib borish, butun dunyo bo'ylab mavjud turistik resurslarni targ'ib qilish va sotish hamda turizm strategiyalari va siyosatlariga muvofiq potensial turistik resurslarni rivojlantirish uchun javobgardir.



“Xavfsiz turizm sertifikati dasturi” haqida

Turkiya 2020-yilgi sayyohlik mavsumi uchun “Xavfsiz turizm sertifikati dasturi”ni amalga oshirdi. Sohaning asosiy ishtirokchilari tomonidan tezkor ravishda qabul qilingan ushbu dastur sog'liqni saqlash, oziq-ovqat va ichimliklar, transport va turar joylarni o'z ichiga olgan va boshqa ko'plab sohaga tegishli muassasalar tomonidan amalga oshirilishi kerak bo'lgan bir qator tadbirlarni ham mahalliy aholi ham xorijiy mehmonlar uchun belgilab berdi.